Avgust oyi boshi uchun juda issiq kelgan dam olish kunlaridan so‘ng, O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni biroz pasayadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Ushbu ish haftasi davomida havo harorati +35…+38 darajadan +32…+35 darajagacha o‘zgarib turadi. Faqat respublikaning eng chekka janubida bugun kunduzi havo harorati +40…+43 daraja, 4–7 avgust kunlari +38…+40 daraja atrofida bo‘ladi.
Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respublikaning tog‘li hududlarida, shuningdek, 4 avgust kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3–5 avgust kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 va 6–7 avgust kunlari +35…+38 daraja, 4–5 avgust kunlari +33…+35 daraja bo‘ladi, kechalari +20…+23 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metr/soniyagacha, 4 avgustda 12–15 metr/soniyagacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80401 | Инструменты