Farg'onadagi "dom"lardan birining yerto'lasida akula boqayotgan fuqarolar aniqlandi

Farg‘ona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'tkazilgan monitoringda qonunbuzarliklar aniqlandi

Xususan, "Muruvvat" MFY, Farg‘ona ko‘chasi, 78- uyning yerto‘lasida sun’iy hovuz o‘rnatilib, unda akula yetishtirilayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159¹-moddasi bo‘yicha ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, yerto‘lani 15 kun muddatda bo‘shatib, asl holatiga keltirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.

Bundan tashqari, ichimlik suvidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish holati yuzasidan ham tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, ma`muriy jarima qo'llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90421 | Инструменты