Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Bugun va ertaga harorat deyarli o‘zgarmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida 23-28 daraja atrofida saqlanib turadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda 13-18 daraja bo‘ladi. 6 sentabr – yakshanba kuni harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
4-5 sentabrda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ldi, yog‘ingarilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi 30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 16-18 daraja bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90421 | Инструменты