Joriy yilning 26-fevral kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroning "Gentra" rusumli avtomobilini yashash xonadoni oldidan olib qochgan shaxslar topildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Asaka tumanida yashovchi 23 yoshli S.Q. va 31 yoshli Q.I.lar ikki nafar tanishlari bilan birga sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, yuqoridagi shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, IIOga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты