Huawei 2
Farg'onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “M.E.”, “S.R.” va “I-Z.” fermer xo‘jaliklari masʼul shaxslari dala maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 358,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga