Huawei 1
Endilikda har oyning chorshanba kuni "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkaziladi

Hukumat topshirig'iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to'rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to'g'ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" deb e'lon qilindi.

"Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga