Huawei 1
Endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 1 soat qolganda tugaydi

Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yo‘lovchilar oqimi ko‘payishi hisobga olinib, ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga tegishli yangi qoidalari joriy etildi

Endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.

"Parvoz oldidan protseduralarni bajarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan aeroportga oldindan yetib kelishlarini so‘raymiz", - deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga