Huawei 1
DXX Qozog‘istondan giyohvandlik vositalarini olib kelganlarni qo‘lga oldi

Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qozog‘istondan olib kelingan sintetik giyohvandlik vositalarining aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida Qozog‘istondan O‘zbekistonga Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1983 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli tibbiy uskunalar ko‘zdan kechirilgan. Natijada ushbu uskunalar ichiga yashirilgan, umumiy bahosi 1 million dollarga teng bo‘lgan 4,206 kilogramm “Mefedron” hamda 3,970 kilogramm “Al’fa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan Toshkent shahri va viloyatida yashovchi, 1992, 1993, 1995 hamda 2000 yillarda tug‘ilgan 5 nafar fuqaro ham qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular Telegram messenjeri orqali narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya fuqarosining ko‘rsatmalarini bajarib kelgan.

“Navoiy” chegara bojxona postida fosh etilgan, boshqa holatda esa 1980 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan aravakash sifatida yollangan shaxs Qozog‘istondan O‘zbekistonga gaz plitasini olib kirgan vaqtida to‘xtatilib, tekshirilgan. Natijada, gaz plitasining ichida 1,985 kilogramm “Al’fa-PVP” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52118 | Инструменты