Huawei 1
DXX: Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1958 yilda tug'ilgan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni maʼlum qiladi.

Qo‘shtirnoq ichida xolis yordam bermoqchi bo‘lgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15000 AQSH dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3500 AQSH dollari berishini aytib, jami 18500 AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, u oldindan 9500 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Oqqo‘rg‘onda kadastr xodimi 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70419 | Инструменты