Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 6-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Respublikamizga shanba va yakshanba kunlari nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121917 | Инструменты