Oʻzbekiston Prezidenti parlamentdagi Doʻstlik ligasi aʼzolarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi va shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.

Liga a’zolari ham qatnashgan uchrashuvda Oʻzbekiston – Yaponiya strategik hamkorlik munosabatlarini, jumladan, parlamentlararo yoʻnalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Doʻstlik ligasi, ayniqsa, uning raisi Taro Aso Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi yuksak baholandi.

Parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishda parlamentlardagi doʻstlik guruhlarining rolini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida 2026-yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni Oʻzbekistonda tashkil etishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston bilan doʻstlik ligasi 2002-yilda tashkil etilgan va hozirgi paytda uning aʼzolari soni 40 nafardan oshgan. Ular orasida Yaponiyaning taniqli siyosat arboblari, nufuzli deputat va diplomatlari bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121914 | Инструменты