Oʻzbekiston Prezidenti “Sojitz Corporation” bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemurani qabul qildi.

Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Elektr energiyasiga boʻlgan talab ortib borayotganini hisobga olib, Sirdaryo viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Koʻp tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasini qurish va boshqa ustuvor loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tibbiyot klinikalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yoʻlagini barpo etish, mamlakatimiz hududlarida gaz kompressor stansiyalarini yangilash, shuningdek, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratishda korporatsiyaning ishtirok etishi boʻyicha tashabbuslar qoʻllab-quvvatlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121918 | Инструменты