Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga qonunga hilof ravishda olib o‘tilgan ko‘p miqdordagi qimmatbaho metal savdosiga chek qo‘yildi.
Xususan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug'ilgan fuqaro tog‘asi 1988 yilda tug'ilgan shaxsning ko‘rsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tib, Qirg‘iz Respublikasidan mamlakatimiz hududiga taxminiy summasi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan umumiy og‘irligi 1 kg 168 gr miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor maʼlumot olindi.
Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi, boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Natijada, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120419 | Инструменты