AYOQSHda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi

Joriy yilning 26 noyabridan 2 dekabrigacha o‘tkazilgan tekshiruvlar doirasida 90 ta AYOQSHdan 191 ta namuna olindi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 23 ta holatda jami 306 430 litr neft mahsulotlari davlat standartlari talablariga javob bermasligi, yaʼni sifatsizligi aniqlandi.

Maʼlumot o‘rnida, joriy yil boshidan buyon neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 632 ta obyekt o‘rganilgan, shulardan 210 ta obyektda 8 576 466 litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlanib, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olingan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha mahsulot sifati tiklanishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi qatʼiy nazoratga olingan.

Texnik reglament talablariga javob bermaydigan va meʼyoridan ortiq zaharli moddalar chiqishiga sabab bo‘ladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120419 | Инструменты