Centrum-Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi

Fuqaro 2025 yil 26 sentyabr sanasida “Centrum-Air” sayti orqali Istanbul–Namangan yo‘nalishi uchun 2 ta avia chipta sotib olgan bo‘lsa-da, aviakompaniya tomonidan ortiqcha chipta sotilgani natijasida u va turmush o‘rtog‘i samolyotga sig‘may, Istanbul aeroportida qolib ketishgan. Bir sutkadan so‘ng ularga majburiy ravishda Istanbul–Toshkent reysida parvoz qilish taklif qilingan va fuqarolar shu reysda qaytib kelishgan. U mazkur holatdan norozi bo‘lib, isteʼmolchilik huquqlari tiklanishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida, “Centrum-Air”  aviakompaniyasi o‘z xatosi sabab yuzaga kelgan noqulaylik uchun fuqaro bilan kelishilgan holda quyidagi kompensatsiya va imtiyozlar taqdim etilgani maʼlum qildi.

Unga ko‘ra:

- 500 yevro miqdorda kompensatsiya;
- qo‘shimcha 865 200 so‘m pullik tovon;
- aviakompaniyaning istalgan yo‘nalishlariga keyingi safar 20 foiz chegirma beruvchi promokod;
- 23 kg qo‘shimcha bepul bagaj;
- parvoz davomida samolyotning birinchi qatoridagi joylardan bepul foydalanish imkoniyati.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121920 | Инструменты