Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi qo‘pollik bilan nogironligi bo‘lgan o‘quvchidan uzr so‘rashini talab qilayotgani aks video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Buxoro shahrida yashovchi E. N.ning murojaati kelib tushgan.
Murojaatida E. N. Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan 27-sonli maktab-internatining o‘qituvchisi H. N. (ayol) ruhiy jihatdan nogiron bo‘lgan 1-sinf o‘quvchisi O. K. ga kuch ishlatib, unga ruhiy bosim o‘tkazganligini, u o‘quvchini qo‘lidan tortib yerga sudraganligi va urganligini hamda sinf xonasidagi qaychi bilan tahdid qilib, uning yuz qismiga tiraganini bildirgan. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bergan murojaatining ko‘rib chiqilishi natijasi yuzasidan xabar berilmaganligini bildirib, bolaga qilingan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik harakatlari uchun N.H. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Bolalar ombudsmani tomonidan bolaga nisbatan bunday zo‘ravonlik holatini har tomonlama o‘rganish yuzasidan ichki ishlar va prokuratura organlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborilgan, hozirda holat o‘rganilmoqda.
"Holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты