2025-yil 8-noyabr kuni soat 09:14 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzilaning episentri Buxoro viloyatining Gazli shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, magnitudasi 3,2 ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 8-noyabr kuni soat 09:14 da mamlakat hududida zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzilaning magnitudasi 3,2, chuqurligi 10 kilometr bo‘lgan. Yer silkinishining episentri Buxoro viloyati, Gazli shahri yaqinida joylashgan. Uning koordinatalari 40,26° shimoliy kenglik va 63,35° sharqiy uzunlik sifatida qayd etilgan.
Episentrdagi silkinish kuchi 3 ball, Gazli shahrida esa 2 ball atrofida sezilgan. Zilzila markazi Toshkent shahridan 506 kilometr janubi-g‘arbda, taxminan 17 kilometr masofada joylashgan.
Hozircha zilzila oqibatida talafotlar yoki jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Mutasaddi idoralar vaziyatni monitoring qilib bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110818 | Инструменты