14 iyun kuni soat taxminan 16:40 larda Toshkent viloyati Bekobod shahri hududidan o‘tuvchi temiryo‘l kesishmasida mikroavtobus va lokomotiv ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHHB xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan, shlagbaumsiz, biroq svetofor va yo‘l belgilariga ega temiryo‘l kesishmasida 2002 yilda tug‘ilgan X.F. boshqaruvidagi JAC M3 rusumli mikroavtobus «O‘zmetkombinat» AJga tegishli «TZM2UM» rusumli dizel lokomotiv bilan to‘qnashgan.
Mikroavtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida transport vositalari texnik jihatdan shikastlangan, haydovchi salomatligiga zarar yetmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61606 | Инструменты