Huawei 1
Ayrim ta'lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025 y.) Vazirlar Mahkamasining qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:

  • umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasbiy ta'lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
  • “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta'lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
  • ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;
  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

  • tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro'yxatidan o'tgan;
  • umumiy ovqatlanish bo'yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
  • oshxona faoliyati yo'nalishi bo'yicha maxsus jihozlarga ega bo'lgan;
  • shartnoma va sud hujjatlari bo'yicha zimmasida ijara hamda soliq to'lovlaridan qarzdorligi mavjud bo'lmagan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20811 | Инструменты