Andijon viloyati Asaka tumanida DXX va IIVning viloyat boshqarmalari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, mazkur tumanda yashovchi, 1988 y.t. shaxsning yonida bo‘lgan 1 dona nomsiz sprey idishdagi noma’lum suyuqlik va 2 dona nomsiz dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Xo‘jaobod tumanidagi unga tegishli xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda narkolaboratoriya tashkil etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Narkolaboratoriyadan sprey idishlarda bo‘lgan nomsiz suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalari, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda narkotiklar tayyorlashda kerak bo‘ladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalar “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi hamda “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi modda hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12816 | Инструменты