Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Toyloq tumani “Charog‘bon” mahallasi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida barpo etilayotgan 16 qavatli ko‘p qavatli turar joy binosida zilzilabardoshlik sinovi o‘tkazildi.
Sinov jarayonida maxsus vibrodinamik uskuna yordamida bino konstruksiyalariga 8 ballik zilzilaga mos tebranish berildi. Ushbu jarayon inshootning seysmik barqarorligini real sharoitga yaqin holatda baholash imkonini berdi.
O‘tkazilgan sinov natijalari asosida kelgusida binolarning seysmik mustahkamligini yana-da kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12813 | Инструменты