2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb $19 mlrdga yetdi. Bu haqda 28-yanvar kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yanvar-dekabr oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga $18,9 mlrd miqdorida valyuta mablag‘lari kirib keldi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 27,2% ga o‘sgan.
Oylik kesimda yil davomida o‘tkazmalar hajmi deyarli barcha oylar bo‘yicha oldingi yilga nisbatan yuqori darajada shakllandi. Shu bilan birga, noyabrda transfertlarning oylik miqdori ($1,48 mlrd) keskin qisqargan bo‘lsa, dekabrga kelib biroz o‘sish kuzatildi — $1,59 mlrd.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12816 | Инструменты