Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil 15 may kuni soat 13:45larda, Andijon tumani “Qoraqolpoq” MFY Iftixor ko‘chasida, haydovchi (voyaga yetmagan) 2008 yilda tug‘ilgan A.M. qarindoshiga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tezlikni meyoridan ortiq oshirib yuborishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida, hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, avtomashina tehnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda Andijon tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51620 | Инструменты