“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida joylashgan “A. S. T.” AJ tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 200,1 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты