Huawei 1
Andijon viloyatida aholiga sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon tumani "Teraktagi" MFYda joylashgan “U.P.”  MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg’isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 67,3 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizatsiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61007 | Инструменты