Huawei 1
27-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev AQSH parlamenti delegatsiyalarini qabul qildi

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Binolardagi mozaikalar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlar binolaridagi 160 ga yaqin mozaik pannolar Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha ko‘plab mozaikalar bo‘yab tashlangan, qolganlari reklama bannerlari bilan qoplangandi.

Toshkent shahar hokimi hokimlik xarajatlari uchun 7,3 mlrd so‘m ajratdi

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov hokimlik binosi xarajatlari, kommunal, internet to‘lovlari va boshqalar uchun 7 mlrd 349 mln 756,4 ming so‘m mablag‘ ajratdi.

Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvonot turlari muhofazasi kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Turkiyaga kirib-chiqishda xorijliklarga nisbatan tekshiruvlar kuchaytirildi

Ikki oyda 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu davlatga kiritilmagan.

Toshkentda fuqarolarning 6,1 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgan avtosalon egalari qamaldi

My-Cars nomi bilan ochilgan avtosalon odamlarga GM mashinalarini olib berishni aytib, pullarni o‘zlashtirgan.

O‘zbekistonda 1-iyuldan yo‘l bo‘yidagi maktablar oldiga, ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarga video-fotoradarlar o‘rnatiladi

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o'rnatiladi.

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assableyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva o‘rtasida PIning 150-yubiley assambleyasini 2025-yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Hindiston elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 241,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 241,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

O'zbekistonda 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 12 ming 600 soʻmdan oshdi

Markaziy bank 28-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Toshkent shahrida jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

Qarorga ko'ra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yo'lkira haqi bo'yicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamg'armalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga o'tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga