Huawei 1
2024-yil uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari belgilandi

2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi

Soliq solish maqsadida 2024 yilda mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:

— Toshkent shahrida – 25 ming so‘m, noturar joy uchun 40 ming so‘m;

— Nukus va viloyat markazlarida – 12 ming so‘m, noturar joy uchun 23 500 so‘m;

— Boshqa aholi punktlarida – 5 ming so‘m, noturar joy uchun 10 ming so‘m.

Bir dona avtomobil transporti uchun barcha viloyatlarga bir xil 780 ming so‘m. Shuningdek, mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari uchun esa 1 mln 550 ming so‘m etib belgilandi.

Mazkur stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llanilishi hamda ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51109 | Инструменты