Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda.
TIFning ustav kapitali 20% ga oshirilib, 600 million AQSH dollariga yetkazilgani eʼlon qilindi. Ushbu moliyaviy o‘sish mintaqada mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Uzreport.news manbasiga ma'lum qilishicha, holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Oʻrganishda ushbu (103 ta issiqxona, 450 ta ijtimoiy soha obyektlari va 209 ta sanoat) korxonalarning ayrimlari tomonidan atmosferaga belgilangan meʼyorlardan ortiqcha tutun, chang va gaz miqdori tashlanayotganligi aniqlandi.
Buxoro viloyatidagi 47 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida faoliyat yuritayotgan 44 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxni sunʼiy tarzda oshirish uchun individual iqtisodiy sabablar, umumiy tashqi omillar mavjud bo‘lmagan holatda, xarajatlarga zarurat bo‘lmasa-da, narxlarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda oshirib isteʼmolchilarga sotish orqasidan asossiz daromad olish holatlari aniqlandi.
Prezident maktabi o‘quvchisi dunyo bo‘yicha 14-o‘rinda turadigan Chikago universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi.
Endilikda bank mijozlari omonatlarini qaytarish uchun 3 oylab kutmaydi. Yangi qonunga binoan, 2026-yildan boshlab omonatlar 15 kunda, 2027-yildan esa 7 kunda to‘liq to‘lab berilishi belgilandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
2025-yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg'ona tumanlarida, 2026-yilda esa qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig'imi 100 tonnadan kam bo'lmagan muzlatkichli sig'imlar, urug'lik, ko'chat, kimyoviy vositalar va mineral o'g'itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.
Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Loyiha doirasida butun suv taʼminoti va oqava suv infratuzilmasi, shu jumladan taxminan 4 million mijoz ulanishlari uchun aktivlar inventarizatsiya qilinadi va joylarda geografik xaritalash ishlari amalga oshiriladi.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevning taʼkidlashicha, bu suvlarning 15-20 foizi respublika hududida shakllansa, qolgan katta qismi qo‘shni davlatlardan oqib keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31821 | Инструменты