Huawei 1
18-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkentdagi sexlardan biri yonib ketdi

Yong'in qariyb bir soatda o'chirildi. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo’q.

Toshkent shahrida uch mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

Birjada sotilgan paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi

Bir tonna paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxi 7,8 mln so‘mni tashkil etadi.

Uchta bankning 148 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi.

Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi

2024-yil 1-noyabrdan tovar-xomashyo birjalari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd so‘m hamda 2025 -yil 1-iyuldan boshlab 200 mlrd so‘m etib belgilanmoqda.

8 mingga yaqin o‘zbekistonlik Litvada yashash uchun ruxsatnoma olgani ma’lum bo‘ldi

Qayd etilishicha, jami 56 mingdan ortiq xorijlik Litvada yashashga ruxsat olgan.

29,7 mlrd so'mlik davlat xaridlarida qonun buzilishiga yo'l qo'ygan Urganch davlat universitetiga nisbatan tegishli chora ko'rildi

Raqobat qo'mitasi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga ishchi viza shartlari yengillashadi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Germaniya Federativ  Respublikasi Ichki ishlar va Vatan vaziri Nensi Fezerning muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Boysundagi gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariyada 4 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov tasdiqladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

"Toshkent metropoliteni" aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi

"Toshkent metropoliteni" ma’muriyati yo‘lovchilardan metrodan foydalanish qoidalariga amal qilishni so‘radi.

O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 63-o‘rinni egalladi

Qayd etilishicha, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты