Huawei 1
16-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

Interpolning Rossiyadagi milliy markaziy byurosi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Moskvada o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi.

Tokioda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Tokio politsiyasi Shibuya tumanida o‘g‘irlik va talonchilik sodir etganlikda gumon qilib, 20 va undan katta yoshdagi besh nafar o‘zbekistonlik erkakni hibsga oldi.

“Baxti Tashkentskiy”ning odami ekani aytilgan shaxs 8 yilga qamaldi

Toshkent shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Hasan Shofayziyev tovlamachilik jinoyati bilan ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Sud hujjatida u Baxtiyor Qudratullayevga aloqador shaxs ekani aytiladi.

17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

17-19 may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin.

So‘rovnoma: Toshkent aholisiga bog‘larda ko‘proq yashillik va soya, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari yetishmaydi

“Yuksalish” harakati poytaxt aholisi o‘rtasida “Toshkent bog‘larini qanday yaxshilash mumkin? Shahar aholisi fikri” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi. O‘rganish shahar aholisining yashil hududlarga bo‘lgan ehtiyoj va istaklarini aniqlash, shuningdek, ularni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan. So‘rovnomada 18 va undan katta yoshdagi 403 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi kunning issiq vaqtida dalada ishlamaslikni tavsiya etdi

Fermerlar va dehqonlarga daladagi ishlarni ertalab soat 10:00 gacha bajarish, soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan issiq vaqt oralig‘ida esa ishlarni to‘xtatish, dala sharoitida ishlayotganlar uchun quyoshda qolgan plastik idishlardagi suvdan foydalanmaslik, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik tavsiya etilmoqda.

Buxoroda ekskavator bosib ketgan ayol halok bo‘ldi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uzum, Olcha va Glotr onlayn marketpleyslarida kontrafakt mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi

Monitoring natijalariga ko‘ra, Uzum Marketda 220 ga yaqin, Glotr va Olchada 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilayotgani maʼlum bo‘lgan.

Rossiya va Ukraina urushida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 4 yilga cheklandi

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro Rossiya armiyasiga yollangani uchun jinoiy jazoga tortildi.

21 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yanvar-aprel oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Qashqadaryoda o‘quvchilar bir-biriga bo‘yoq sepdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktabda o‘quvchilar bir-biriga bo‘yoq sepgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

O‘zbekistondagi har bir OTM 1-avgustgacha o‘z brendini shakllantiradi

Hukumatning “Respublika oliy taʼlim tashkilotlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, “oliy taʼlim tashkiloti brendi”ni yaratish hamda talabalarning kiyinish madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass chiptalari uchun maksimal tarifni pasaytirdi

O‘zbekiston aholisi uchun aviaqatnovlarni yana-da qulayroq qilish maqsadida Uzbekistan Airways mahalliy parvozlardagi ekonom-klass tariflari tarkibini yangiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51704 | Инструменты