Huawei 1
1-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Prezident Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini tashkil qilishni taklif qildi

Shuningdek, sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.

O‘zbekistonda may oyigacha gaz va elektr tariflari oshiriladi

O‘zbekistonda neft, gaz va elektr energetika sohasida tarif islohotlari amalga oshiriladi. Islohot doirasida 2024-yilning may oyiga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun tariflarni tannarxdan past bo‘lmagan darajaga oshirish loyihasi ishlab chiqiladi.

Nurafshon shahar hududida Zulfiya Zokirova nomidagi meʼmorial majmua quriladi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

O‘zbekistonda inflyatsiya 8 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

O'zbekistonda 2017-yilda yillik inflyatsiya 14,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil fevralda bu ko‘rsatkich 8,3 foizgacha pastladi.

Sirdaryodagi avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chiriladi

Uning o‘rnida 6 ta arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uy-joy quriladi.

“O‘zbekneftgaz”ga tegishli “zapravka”lar egaligi sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘liga o‘tdi

“O‘zbekneftgaz”ning 78 ta AYOQSHlarini nazorat qiluvchi “UNG Petro”ning 100 foizlik ulushi Doniyor Komilovga tegishli kompaniyaga o‘tdi. Doniyor Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan Metropol Group MCHJning ham yagona taʼsischisi hisoblanadi.

“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8, 9, 10-mart kunlari "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

Xorazmning 5 ta tumanida parrandachilik korxonasi ishga tushiriladi

Xonadonlarda chorva naslini yaxshilash, sutni qayta ishlash, parranda go‘shti ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni ta'minlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvargacha “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.

Toshkent shahrida tig‘iz vaqt oralig‘ida yuk mashinalarning harakati cheklandi

Toshkent shahrida bugun tig‘iz vaqt oralig‘ida (soat 07:00dan 10:00ga qadar) ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk transport vositalarining haydovchilari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xorazmda qiymati 10 mlrd dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi quriladi

Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi. Bu nafaqat Xorazm uchun, balki respublika sanoatining flagmani bo‘ladi.

Navro'z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qilindi

"Uzbekistan Airways" 21-24-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qildi.

O‘zbekiston chempionatining eng qimmatbaho jamoalari ro‘yxati yangilandi

Superliga 2024-yilgi mavsumi startidan oldin Transfermarkt portali O‘zbekiston chempionatining eng qimmatbaho jamoalari ro‘yxatini yangiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga