Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustami Emomali boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yurtimizning boy ilmiy, maʼnaviy va madaniy merosini asrab-avaylash, chuqur oʻrganish hamda uni jahon hamjamiyatiga keng namoyon etishga xizmat qiluvchi yirik tarixiy-maʼrifiy majmua hisoblanadi.
Mehmonlar Markazning ilmiy-maʼrifiy faoliyati, noyob tarixiy eksponatlari hamda ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Tojikiston parlamenti delegatsiyasi Markazning boy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, islom sivilizatsiyasining jahon miqyosidagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etishdagi oʻrnini eʼtirof etdi.
Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Markazning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110418 | Инструменты