Huawei 1
Tashqi ishlar vazirligida AQSh Kongressi delegatsiyasi qabul qilindi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Kongressi a’zosi Kerol Miller xonimni qabul qildi. 

Ular ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. 

Strategik sheriklik kelajakdagi hamkorlik uchun yanada katta salohiyatga ega bo‘lgan barcha sohalarda izchil kengayishda davom etmoqda. Faol parlamentlararo aloqalar asosiy ustuvor yo‘nalishlardan bo‘lib qolmoqda.

"Biz Kongressdagi "O‘zbekiston bo‘yicha kokus"i (do‘stlar guruhi) mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muhim ko‘prik vazifasini bajarayotganini yuksak qadrlaymiz", deydi O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43005 | Инструменты