Huawei 1
Samarqand va Surxondaryo Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Nurali Kadirov Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar podpolkovnik Nurali Kadirov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ilhom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ismoilov Ilhom Ismoilzoda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga