Saida Mirziyoyeva YETTB prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O‘zbekiston va YETTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi

Bank ko‘magida irrigatsiya va “yashil” iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini alohida qayd etish lozim.

"Biz mamlakatimizdagi ko‘plab xotin-qizlar va yoshlarning hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgan Women in Business va Youth in Business dasturlari qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikni yuksak qadrlaymiz", deydi Saida Mirziyoyeva.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaxshi qo‘shnichilik borasidagi umumiy saʼy-harakatlari tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti qaror topgani haqida yakdil fikr bildirildi. 

"Ishonchim komilki, YETTB bilan sheriklik bundan buyon ham O‘zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi", dedi O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101421 | Инструменты