Huawei 1
O'zbekiston va Kot-d'Ivuar o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi

29-aprel kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston va Kot-d'Ivuar Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunike imzolandi. 

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Kot-d'Ivuarning BMTdagi doimiy vakili Tiyemoko Moriko imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo'shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, G'arbiy Afrikada joylashgan Kot-d'Ivuar O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 160-davlatga aylandi.

Mazkur hujjatning imzolanishi O'zbekistonning Afrika qit'a mamlakatlari bilan o'zaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43023 | Инструменты