Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ning 2024 yil 1 noyabrdagi qaroriga asosan "Omad Sug‘urta" AJ tomonidan 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17-sinflar bo‘yicha ixtiyoriy umumiy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 033072-sonli litsenziya 2024 yil 2 noyabrdan bekor qilindi.
Bunda sug‘urta kompaniyasi avval tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shartligi maʼlum qilinadi.
Avvalroq, 2024 yil sentyabr oyida ILMA "Omad Sug‘urta" litsenziyasining amal qilishini 10 kunga to‘xtatib turgan va qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga rioya qilmaganlik uchun 76,5 mln so‘m miqdorida jarima solgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты