O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.
"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.
Sammit yakunida tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100702 | Инструменты