Huawei 1
O‘zbekiston fuqarolarining AQSHga viza olishi yengillashtiriladi

O‘zbekiston Hukumati fuqarolarining Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga kirishi bo‘yicha viza talablarini yengillashtirish ustida ishlashi belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 15 may kuni imzolangan “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida aytilgan. 

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga 3 oy muddatda AQSH fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritish belgilangan. 

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga ichki hujjat yoki ID-karta, shu jumladan, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga “kinder pasport” bilan 30 kungacha kirish rejimi joriy qilinadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52119 | Инструменты