Nizomiddin Abbosov Bo'ka tumani hokimi etib tayinlandi
Toshkent viloyatining qator hududlariga yangi rahbarlar tayinlanmoqda. Jumladan, Bo'ka tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bugun – 18 fevral kuni bo'lib o'tgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko'rib chiqilgan.
Sessiyada Abbosov Nizomiddin Ravshanovich Bo'ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun: Nizomiddin Abbosov 1977 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug'ilgan. Millati – o'zbek. Ma'lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
Nizomiddin Abbosov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Xalq banki boshqaruvi raisi o'rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61614 | Инструменты
Хурматли Низомиддин Абоссивич мен бука туман фукороси Акмалов Нодиржон Кудратович сизга муржатим шундан иборатки Бука туман Пахтакор кучаси 17/19 куп каватли домларда ёвойи итлар куплигидан боллалар кучага чикани куркамиз Бир чорасини куринг .
Avalambor salom xammaga xokimlaralmawuradi lekin xalqqa foydasi tegmiyabti xaliyam xammasi qogozda qolib ketyabti