Huawei 2
MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Azamat Xalmuratov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azamat Xalmuratov 1980-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida viloyat prokuraturasida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan..

Mazkur tayinlovga qadar u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga