Turizmni rivojlantirishda sug‘urtalash – sayohatchilar himoyasi va ularda to‘liq xizmat ko‘rsatish

Ayni paytda respublikamizda turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilmoqda. «O‘zbekinvest Hayot» SK MChJ ham qabul qilingan qonuniy-me’yoriy hujjatlardan kelib chiqqan holda ko‘zda tutilgan tadbirlarda faol ishtirok etishni rejalashtirgan.

Albatta, birinchi galdagi vazifalar orasida – mamlakatimizning boy madaniy va ma’naviy merosiga e’tiborni oshirishga qaratilgan kirish turizmini rivojlantirish turadi,  biroq, respublikamizdan tashqariga chiquvchi fuqarolar hamda mahalliy turizmni amalga oshiruvchi aholi haqida g‘amxo‘rlik qilish ham muhim hisoblanadi. Shu maqsadda Kompaniyada barcha toifadagi (kirish, chiqish va mahalliy turizm) sayohatchilarni sug‘urta qilishni rivojlantirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshiriladi. Bu choralar  potensial mijozlar uchun qulay bo‘lgan sug‘urta dasturlarini va boshqa jozibali sharoitlarni yaratish, fuqarolarning tashqi migratsiyasi bilan shug‘ullanuvchi qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turistik faoliyat sub’ektlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini olib borish va amaldagi agentlik tarmog‘ini yanada kengaytirishni ko‘zda tutadi. Xususan, Kompaniyaning respublikamizdan tashqariga chiquvchi fuqarolarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishi turfirmalar, aviakasalar, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari qoshidagi maslahat markazlari bilan hamkorlikni ko‘zda tutadi. Turistik turlar va yo‘llanmalar bilan O‘zbekistonga kelayotgan horijlik fuqarolarni sug‘urtalash mehmonxonalar va turfirmalar, shuningdek,  mahalliy hukumat organlari bilan Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari turistik klasterlarini rivojlantirish dasturi doirasida birgalikda ish yuritishni ko‘zda tutadi. Mahalliy turizmga kelsak, bunda turlarni tashkilotchilari, transport kompaniyalari va xususiy mehmonxonalar bilan hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda. Albatta, aholining keng qatlamini sug‘urtaning afzalliklari haqidagi xabardorligini oshirish, turistik mahsulot ishlab chiquvchilarga turistlar manfaati himoyasini oshirish sifatida sug‘urta himoyasidan foydalanish imkoniyatlari sohasidagi ishlar kuchaytiriladi.

Respublikada turizmni rivojlantirishga jalb qilingan xizmat ko‘rsatish sohasi  barcha segmentlarining birgalikdagi harakati muhimligini inobatga olib, Kompaniya turizm sohasi vakillarining respublikamiz fuqarolarining zarur tibbiy yordam olish, shuningdek,  ham O‘zbekistondan tashqarida, ham respublikamiz hududida olingan jarohatlarga tovon puli to‘lash imkoniyati bilan bog‘liq manfaatlarini himoyalash bo‘yicha birgalikda faol ish olib borishini kutmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22802 | Инструменты