Huawei 2
Timur Kapadze: “Oldimizga yuksak vazifa qoʻyilgan”

Ertaga futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi (OTJ) Qatarda oʻtayotgan U23 Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Bugun “D” guruhi jamoalarning murabbiylari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Barcha futbolchilarimiz sogʻ-salomat va biz musobaqaga tayyormiz. Turnirga uzoq tayyorgarlik koʻrdik. Oldimizga yuksak vazifa qoʻyilgan. Bu yoʻlda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Buning uchun futbolchilarimizda iqtidor va mahorat yetarli. Har bir jamoa musobaqani yaxshi boshlab olishga harakat qiladi. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz. Osiyo kubogida kuchsiz jamoa boʻlmaydi. Bu biz uchun birinchi musobaqa emas. Yigitlarda bu borada katta tajriba bor”.

Eslatib oʻtamiz, jamoamiz 17-aprel kuni turnirdagi ishtirokini Malayziyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. “Khalifa International Stadium” arenasida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga