Huawei 1
Saudiya Arabistoni Ronalduning odobsiz harakati yuzasidan tergov boshladi

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi  tartib-intizom qo‘mitasi "Al-Nasr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Ash-Shabab" muxlislariga nisbatan noo‘rin ishorasi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.

25-fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turi doirasida "Al-Nasr" jamoasi mehmonda "Ash-Shabab"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu penaltidan gol urib hisobni ochdi.

O‘yindan so‘ng muxlislar Messining ismini aytib hayqira boshlashdi. 

Bunga javoban Ronaldu ularga o‘girilib, qo‘li bilan ishora ko‘rsatdi. Bu muxlislarga nisbatan odobsiz harakat deb baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты