Ronalduning opasi o'zining Instagram'dagi sahifasida Lionel Messi ukasi oldida tiz cho‘kib turgan rasmni joyladi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning katta opasi Elma Aveyro o'zining "Instagram"dagi sahifasida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ronaldu oldida tiz cho‘kib turgan rasmni joyladi.
"Mening qirolim! Sen eng zo‘risan! Hayotimning g'ururi", - Elma rasmga shunday izoh qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvida "Barselona"ni mag'lubiyatga uchratdi (3: 0), Ronaldu penaltidan dubl qayd etdi.
Avvalroq Ronaldo Messi bilan munosabatlari yaxshi ekanini, uni o‘ziga raqib deb bilmasligini ma'lum qilgandi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 21514 | Инструменты