Yil boshidan O‘zbekistonda 1 mlrd kVt/soat yashil energiya ishlab chiqarildi

2026-yil boshidan beri O‘zbekistonda 1 mlrd kVt/soat “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

13-fevral kuni soat 12:30 holatiga ko‘ra, mamlakatdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt/soatga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 40% ga — 400 mln kVt/soatga ko‘p.

Elektr energiyasining asosiy qismi — 604 mln kVt/soati jami 5 ta shamol elektr stansiyalari tomonidan olingan. Mavjud 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “yashil” energiya hajmi esa 396 mln kVt/soatni tashkil etdi. Ularning umumiy quvvati — 5 582 megavatt.

Quyosh va shamol elektr energiyasi hisobidan 267 mln kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 575 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Bundan tashqari, yil boshidan buyon O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 1,57 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.

Vazirlikning qayd etishicha, buning hisobiga 400 mln kub metr tabiiy gaz tejalgan, atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 863 ming tonnadan ortiq zararli moddalar oldi olingan.

“Yashil” energiya hajmi o‘rtacha 5 mln xonadonning bir yarim oylik yoki 625 mingta xonadonning bir yillik me’yoriy bazasini tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21502 | Инструменты