Levandovskining tanishtiruv marosimi noma'lum muddatga qoldirildi

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovskining rasmiy tanishtiruv marosimi noma'lum muddatga qoldirildi.

Nufuzli “Marca” nashrining xabar berishicha, polshalik futbolchi jamoaning mavsumoldi o'yinlaridan iborat yig'inda ishtirok etish uchun AQShning Mayami shtatiga borib, jamoaga qo'shilganiga qaramay, uning o'yinda ishtirok etishi va qachon tanishtirilishi borasida aniq gap aytilmagan.

Qayd etilishicha, futbolchi yangi klubi bilan rasman shartnoma imzolagan, tibbiy ko'rikdan o'tgan va o'yinda ishtirok etishga tayyor. Biroq rasmiylar uning tanishtiruv marosimini “Kamp Nou” stadionida o'tkazmay turib, o'yinlarda ishtirok etishiga rozilik berishmagan.

Eslatib o'tamiz, Levandovski ushbu yozgi transferlar oynasida o'z klubini “Bavariya”dan “Barselona”ga o'zgartirdi. U Myunxen klubi safida 8 mavsum davomida o'yin o'tkazgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80401 | Инструменты