Huawei 1
Abbosbek Fayzullayev yozda Italiyaga ketishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. 

Manbaga ko‘ra, joriy mavsum yakunidan so‘ng Abbosbek Fayzullayev hozirgi jamoasini tark etib, Italiya klubiga yo‘l olishi mumkin. Hozirda ushbu mamlakatning bir nechta jamoalaridan takliflar bor va ular o‘rganib chiqilmoqda. Biroq mazkur jamoalar nomi oshkor qilinmadi.

Ma’lumot uchun, Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. “Transfermarkt” nashri futbolchini 8 million yevroga baholagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52119 | Инструменты