Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Urganchda yana bir vakolatxonasi ochiladi

O'zbekistonning g'arbiy qismidagi kichik va o'rta biznes korxonalari (KO'B)ni qo’llab-quvvatlash maqsadida Urganchda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi.

Ma'lum bo'lishicha, 

YeTTB Urganchda o'zining O'zbekistondagi uchinchi mintaqaviy vakolatxonasini ochadi;
Xorazm va Qoraqalpog'istondagi kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi;
YeTTBning O'zbekistondagi madaniy merosni rivojlanishni qo'llab-quvvatlash dasturi belgilanadi;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Urganchda yangi vakolatxona ochish orqali, mamlakatda uchinchi vakolatxonani rasmiylashtirmoqda. Urganch O'zbekiston g'arbida joylashgan yirik ma'muriy markaz hisoblanadi. Yangi vakolatxona esa YeTTBga Xorazm va mamlakatning eng yirik viloyati bo'lgan Qoraqalpog'iston avtonom respublikasida mutaxassilar maslahati, qayta tayyorlash va turli xil moliyaviy vositalar orqali ko'proq kichik va o'rta biznes korxonalarini (KO'B) qo'llab-quvvatlashga imkon beradi.

YeTTB Yevropa Ittifoqi va YeTTBning kichik biznesga ta'sir ko'rsatish fondi tomonidan (Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Shveytsariya, Taypey, Xitoy va AQSh mablag'lari hisobidan) moliyalashtirilgan hamda 2017 yildan buyon O'zbekistondagi KO'Blar uchun 100 dan ortiq konsalting loyihalarini amalga oshirgan “Kichik biznesga maslahatlar berish” dasturini davom ettiradi.

YeTTBning birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink vakolatxona ochilishi borasida quyidagilarni qayd etgan: “O'tgan yili O'zbekiston Markaziy Osiyoda YeTTB moliyaviy fondlarining eng katta qismini qo'lga kiritgan mamlakatga aylandi. Ushbu ko’rsatkichni saqlab qolish va COVID-19 dan tiklanishni qo'llab-quvvatlash uchun faoliyatimizni kengaytirish muhim sanaladi. Urganchda uchinchi vakolatxonamizni ochish orqali biz mamlakatning bu hududida asosiy ish beruvchilar bo'lgan mahalliy KO'Blar uchun moliyaviy imkoniyatlarni yaxshilaymiz”.

G'arbiy O'zbekistonning qishloq joylarida yashovchi aholi mamlakat aholisining 65 foizidan ko'pini tashkil qiladi, kichik va o'rta biznes korxonalarida mahalliy ishchilarning qariyb 80 foizi ishlaydi. Urganch vakolatxonasi YeTTBga Orol dengizi mintaqasidagi ekologik muammolardan zarar ko'rgan odamlarning tirikchilik manbai hamda biznes faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarni kuchaytirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, YeTTB Xorazm viloyati va tarixiy Xiva shahridagi mehmonxonalarni modernizatsiya qilish maqsadida Madaniy merosni rivojlantirish dasturi orqali turistlar va ishbilarmon sayyohlar uchun O'zbekistonning turizm va mehmondo'stlik sohasidagi ulkan salohiyatini kengaytirish, mahalliy korxonalar rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishni rejalashtirmoqda. Xorazm O'rta Osiyoning tarixiy viloyatlaridan biri bo’lib, bu yerda bir qator qadimiy va diqqatga sazovor joylar mavjud.
Shuningdek, bugungi kunga qadar YeTTB O'zbekiston iqtisodiyotiga 92 ta loyiha doirasida 2.4 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritgani ma'lum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51909 | Инструменты