Toshkentda xonanda qizni oʻldirishga targʻib qilgan bloger qoʻlga olindi

Instagram tarmog'ida Umr.Sham nomi bilan tanilgan bloger qotillik va oʻlim sahnasi aks etgan videoni suratga olib, tarqatgani uchun qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bloger yaqinda xonanda Mubina Abbosxonovaning (Mubinlolo) klipiga munosabat bildirib, videorolik joylashtirgan. Unda xonanda ijodini milliy ma’naviyatga zid deb baholagan, so'ng uni oʻldirish va jasadini qora paketga solishga ishora qiluvchi sahnalarni namoyish etgan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari surishtiruv oʻtkazib, video muallifining shaxsini aniqlagan.

“Mana shu qilgan kontentim uchun hammadan uzr soʻrayman. Bu qilgan ishimdan pushaymonman”, deya uzr soʻragan bloger.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110720 | Инструменты